Technology

Tanimasni siylamas: Rizayeva uyi yoniga guldasta qoʻygan notanishdan shikoyat qilmoqda

12-noyabr kuni kechqurun mashhur xonanda Munisa Rizayevaning singlisi Karima Rizayevaning uyiga noma’lum erkak guldasta ko‘tarib keldi. Karimaning aytishicha, erkak oʻzini g‘alati tutib, gullarni shaxsan topshirishga qat’iyat bilan uringan. Ayol sergaklanib, eshikni ochishdan bosh tortgan va voqeani kuzatuv kamerasi orqali qayd etgan. Hibsga olish va erkak haqida ma’lumot Rizayevaning soʻzlariga koʻra “uyda xavfsizlik tugmasi bor va u bosilsa, ikki daqiqa ichida militsiya yetib keladi.” Va shunday boʻlgan ham. Olingan xabardan so‘ng, navbatchi guruh hodisa joyiga yetib kelib,noma’lum shaxsni hibsga olgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, erkak ilgari giyohvand moddalar, bosqinchilik va o‘g‘irlik kabi bir qator jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan. Karima Rizayevaning munosabati Karima Rizayeva yuz bergan hodisaga nisbatan keskin fikr bildirib, bunday xatti-harakatlar xavf tug‘dirishini ta’kidladi: "Bu e’tibor belgisi emas, balki shaxsiy xavfsizlikka tahdiddir. Odamning uyiga ogohlantirmasdan, ayniqsa tunda kelish mumkin emas," — dedi u. “Bu birinchisi emas” Obunachilarning ta’kidlashicha, gumonlanuvchi tomonidan bunday ta’qib qilishga urinishlar avval ham bo‘lgan. Ayollardan biri videodagi erkakni taniganini, erkak unga tahdid va tajovuzlar qilishgacha borganini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bir vaqtlar u bilan unashtirilgan bo‘lgan, ammo uning psixotrop dorilar bilan bog‘liq muammolari haqida bilganidan keyin to‘yni bekor qilishga majbur bo‘lgan. Voqealar 2019-yilda sodir boʻlganligini, ammo ish sudga yetmasdan bostirilganligini ma’lum qilmoqda Rizayevaning obunachisi.

Tanimasni siylamas: Rizayeva uyi yoniga guldasta qoʻygan notanishdan shikoyat qilmoqda

12-noyabr kuni kechqurun mashhur xonanda Munisa Rizayevaning singlisi Karima Rizayevaning uyiga noma’lum erkak guldasta ko‘tarib keldi. Karimaning aytishicha, erkak oʻzini g‘alati tutib, gullarni shaxsan topshirishga qat’iyat bilan uringan. Ayol sergaklanib, eshikni ochishdan bosh tortgan va voqeani kuzatuv kamerasi orqali qayd etgan.

Hibsga olish va erkak haqida ma’lumot

Rizayevaning soʻzlariga koʻra “uyda xavfsizlik tugmasi bor va u bosilsa, ikki daqiqa ichida militsiya yetib keladi.” Va shunday boʻlgan ham. Olingan xabardan so‘ng, navbatchi guruh hodisa joyiga yetib kelib,noma’lum shaxsni hibsga olgan. Keyinchalik ma’lum bo‘lishicha, erkak ilgari giyohvand moddalar, bosqinchilik va o‘g‘irlik kabi bir qator jinoyatlar uchun javobgarlikka tortilgan.

Karima Rizayevaning munosabati

Karima Rizayeva yuz bergan hodisaga nisbatan keskin fikr bildirib, bunday xatti-harakatlar xavf tug‘dirishini ta’kidladi:

"Bu e’tibor belgisi emas, balki shaxsiy xavfsizlikka tahdiddir. Odamning uyiga ogohlantirmasdan, ayniqsa tunda kelish mumkin emas," — dedi u.

“Bu birinchisi emas”

Obunachilarning ta’kidlashicha, gumonlanuvchi tomonidan bunday ta’qib qilishga urinishlar avval ham bo‘lgan. Ayollardan biri videodagi erkakni taniganini, erkak unga tahdid va tajovuzlar qilishgacha borganini aytmoqda. Uning so‘zlariga ko‘ra, u bir vaqtlar u bilan unashtirilgan bo‘lgan, ammo uning psixotrop dorilar bilan bog‘liq muammolari haqida bilganidan keyin to‘yni bekor qilishga majbur bo‘lgan. Voqealar 2019-yilda sodir boʻlganligini, ammo ish sudga yetmasdan bostirilganligini ma’lum qilmoqda Rizayevaning obunachisi.

Related Articles